Bloglarga qaytishRepid Blog · № 09

Google statistikasi: raqamlar nima deydi va biznes uchun nimani anglatadi

Google — kuniga 3 milliard odam kiradi. Statistika bilish yetarli emas — undan to‘g‘ri xulosa chiqarish muhim.

1) Google — dunyodagi eng katta oqim. Kuniga 3 milliarddan ortiq odam kiradi. Agar siz Google‘da yo‘q bo‘lsangiz — mijoz sizni ko‘rmaydi.

2) Foydalanuvchi Google‘da uzoq qoladi. O‘rtacha har bir odam kuniga 10 daqiqa Google qidiruviga sarflaydi va 8 ta sahifani ko‘radi. «Bor bo‘lish» yetarli emas — to‘g‘ri ko‘rinish kerak.

3) 1-o‘rin hammani yutib ketadi. Google‘ning 1-o‘rnida chiqqan sayt barcha kliklarning 28% ini oladi. Yuqori o‘rin — katta imkoniyat, lekin u joyga chiqish strategiya va sifat talab qiladi.

4) Pastga tushgan sari trafik kamayadi. 2-o‘rin — 14% klik, 3-o‘rin — 8% klik. Har bir pastga tushish — ikki baravar kam trafik degani.

5) Odamlar ko‘proq organik natijani bosadi. Atigi 1,5-2% kontekst reklamani bosadi, 33% esa tabiiy (organik) natijalarni tanlaydi. Organik trafik arzonroq va ishonchliroq.

6) Ko‘pchilik umuman bosmaydi. 64% odam nimanidir qidiradi va hech narsani bosmasdan chiqib ketadi. Sarlavha qiziqtirmagan yoki tavsif ishonch bermagan bo‘lishi mumkin.

7) Ikkinchi sahifa deyarli ishlamaydi. Qidiruv qilganlarning atigi 9% i top-10 natijalarni ko‘rib bo‘lgach, ikkinchi sahifaga o‘tadi. Eng katta maqsad: birinchi sahifada bo‘lish.

Xulosa: SEO‘ga e‘tibor bermasangiz va faqat reklama bilan cheklansangiz, Google‘dagi eng katta imkoniyatni boy beryapsiz. Statistikani bilish yetarli emas — undan to‘g‘ri xulosa chiqarish muhim.

Maqola foydali bo‘ldimi?

Bepul strategik suhbatda biznesingiz uchun aniq plan beramiz. Sohangizdagi raqamlar, raqobat, lead prognozi.

Bepul suhbatga yozilish →
Oldingi
Google‘da nega faqat 4 ta pullik o‘rin bor va hamma yuta olmaydi