Google qidiruv natijalarining eng yuqorisida joylashgan 4 ta o‘rin — bu pullik joylar. Bu o‘rinlarda chiqish uchun reklama byudjeti sarflanadi. Pul to‘lanmasa — e’lon ko‘rsatilmaydi. Ularning ostidan tabiiy (organik) natijalar boshlanadi.
Masalan, «xususiy klinika Toshkentda» deb qidirilsa, shu sohada reklama qilayotganlar 15-20 ta, ba’zan 50-100 taga yetadi. Va ularning barchasi shu 4 ta o‘rin uchun kurashadi.
Google kimni chiqaradi? U reklama beruvchilarni solishtiradi va baholaydi: sozlamalari, reklama sifati, foydalanuvchiga qiziqarliligi, byudjeti bo‘yicha. Agar reklama sifatsiz yoki byudjet tugasa — u ko‘rsatilmaydi, o‘rnini boshqasi egallaydi. Bu jarayon doimiy.
Nega hamma yuta olmaydi? Chunki ko‘pchilik faqat pulga tayanadi, strategiya haqida o‘ylamaydi, reklama va sayt uyg‘unligini hisobga olmaydi, foydalanuvchi tajribasini e’tiborsiz qoldiradi. Natijada klik bo‘ladi, lekin mijoz bo‘lmaydi.
Google‘da chiqish — bu omad emas. Bu hisob-kitob, tajriba va tizim. Agar tizim to‘g‘ri qurilmasa — pul ketadi, natija yo‘q. Yutish uchun kerak: to‘g‘ri strategiya, sifatli sozlash, foydalanuvchini tushunish.
Bepul strategik suhbatda biznesingiz uchun aniq plan beramiz. Sohangizdagi raqamlar, raqobat, lead prognozi.
Bepul suhbatga yozilish →