Ko‘pchilik Google Ads ni sozlashda kalit so‘zga, e’lon matniga, dizaynerlik bannerlarga, byudjetga e’tibor qaratadi. Aslida esa reklamaning eng muhim joyi — sizning sayt.
Reklama foydali ishlaydi faqat shunda agar sayt tushunarli, tez, ishonchli va aniq taklifli bo‘lsa. Aks holda eng zo‘r reklama ham foyda bermaydi — pul yonadi, mijoz yo‘q. Shuning uchun saytni har tomonlama SEO qildirish hamda tuzilmasini to'g'ri shakllantirish zarur.
Yomon sayt — bu reklamaning eng katta dushmani. Klik bo‘ladi, lekin foydalanuvchi tushunmaydi, ishonmaydi, qaror qilmaydi — chiqib ketadi. Muammolarga duch kelmaslik uchun bajarilgan loyihalarimiz misolida to'g'ri yechimlarni ko'rib chiqishingiz mumkin.
Shu sababli ishni reklamadan emas, saytdan boshlang. Avval saytni sotuvga moslang: tushunarli qiling, ishonch beradigan holga keltiring, aniq taklif qo‘ying. Shundan keyin reklama yoqing. Shunda hatto arzimas byudjet ham ishlaydi. Boshlashdan oldin bepul konsultatsiya olish orqali saytingizni tahlil qildiring.