Ko‘pchilik Google Ads reklamasini yoqib, 24/7 ishlatib qo‘yadi va oy oxirida umumiy natijaga qaraydi. Bu — katta xato. Pul ketadi, lekin qo‘ng‘iroq yo‘q.

Google Ads‘da 3 xil vaqt bor: faol vaqt (oltin soatlar) — qo‘ng‘iroq va sotuv tez keladi; o‘rtacha vaqt — murojaat bor, lekin hammasi sotuvga aylanmaydi; passiv vaqt — bosishlar bor, lekin qo‘ng‘iroq yo‘q. Aynan passiv vaqtda byudjetning katta qismi bekorga ketadi. Reklama bilan birga uzoq muddatli qidiruv tizimlarida optimallashtirish xizmatini yo'lga qo'yish doimiy oqimni ta'minlaydi.

B2B va B2C farqi: B2B (ERP, CRM, ulgurji, ishlab chiqarish, SEO/marketing) — ish kuni, soat 09:00–18:00. Tushlikda va ish vaqtidan tashqari faollik tushadi. B2C (klinikalar, kurslar, maishiy xizmatlar) — kechqurun va dam olish kunlari yaxshi ishlaydi, chunki odamlar ish vaqtida band.

To‘g‘ri vaqtni tanlash beradi: bekor kliklar kamayadi, reklama narxi pasayadi, real mijozlar soni oshadi. Eng muhimi — bir xil byudjet bilan ko‘proq sotuv qilasiz. Maxsus marketing kalkulyatori orqali ehtiyojlaringizni hisoblab ko‘ring.

Mijozlaringiz qachon qaror qabul qilishini bilsangiz — reklama byudjeti sotuvga ishlaydi. Bilmasangiz — bekorga ketadi. Loyihangizga mos strategiya tuzish uchun so‘rov qoldirishingiz mumkin.