Ko‘pchilik kontekst reklama uchun pul to‘lab 3-4 ta o‘ringa talashadi, lekin SEO haqida ham qayg‘urishni unutib qo‘yadi. Bu — katta xato.
Agar saytingiz Google top-10 da joylashib olsa — o‘sha sohaning kamida uchdan bir mijozlari sizniki bo‘ladi. Tasavvur qiling: shu masshtabni, shu pul oqimini. Jarayon va natijalarni baholash uchun bizning portfoliomiz bilan tanishishingiz mumkin.
Bizning saytimiz «SEO xizmati» deb qidirilganda Google‘da 1-o‘rinda chiqyapti — hech qanday Google Ads‘siz, faqat organik SEO orqali. «Naming xizmati» deb qidirilganda esa bizning mijozimiz sayti 1-o‘rinni egallab turibdi. Bunday misollar bizda ko‘p.
SEO qanday ishlaydi? Google saytingizdagi matnni o‘qiydi va baholaydi: foydalimi yoki yo‘q, odamlar saytda qolayaptimi yoki chiqib ketyaptimi. Google foydali manbani yaxshi ko‘radi va reytingda tepaga ko‘taradi.
Shu sababli saytingizda foydali va original ma‘lumotlar bo‘lishi shart. 2-3 ta yo‘nalishli sahifa, to‘g‘ri kalit so‘zlar va foydali kontent — bu mavjud strategiya. Bizning natijalarimiz reklamasiz, faqat professional SEO optimizatsiya orqali olingan. O'zingiz uchun mos rejalarni xizmat narxlari va paketlar bo'limida ko'rishingiz mumkin.