O‘zbekiston digital bozori bo‘sh bo‘lgani uchun qozoqlar, ruslar, belaruslar va boshqalar kirib kelyapti. O‘z bizneslari bilan Google va Yandex top o‘rinlarini egallamoqda. Yaxshi joylarni ilib ketishadi — harakat qilib qoling. Shuningdek, sohadagi so'nggi yangiliklar bilan bizning blog sahifamizda tanishib borishingiz mumkin.

Saytni SEO orqali topga chiqarish uchun 7 ta ishni amalga oshirish kerak:

✔️ Kalit so‘zlarni to‘g‘ri tanlash. Bu fundament — noto‘g‘ri so‘zlardan natija yo‘q.

✔️ Shu so‘zlar atrofida «semantik yadro» yaratish. Bu — saytning butun strukturasiga aks etadi.

✔️ Original, foydali matn tayyorlash. Plagiat bilan TOP‘ga chiqib bo‘lmaydi.

✔️ Saytni texnik optimallashtirish (tezlik, mobile, struktura).

✔️ Foydalanuvchi tajribasi va konversiyani yaxshilash.

✔️ Tashqi saytlardan tabiiy havolalar (backlinks) yig‘ish.

✔️ Saytni Google Search Console‘ga ulash va indekslash.

Eng muhim: faqat shu ishlarni to‘g‘ri va aql bilan qilsangizgina natija bo‘ladi. Bizning ilgari erishgan bajarilgan loyihalarimiz va keyslarimiz bilan tanishishingiz mumkin. SEO ni bilmasangiz, kontekst-reklamaga «otning kallasidek» pul to‘lab yuraverasiz, va konkurentlar bosib tashlasa — byudjet osmonga uchib ketadi, natijasiz qolasiz. Xizmatlarimiz shartlari va tariflar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.