Faraz qiling, sizga nimadir juda zarur, ya’ni sotib olishni istayapsiz. Masalan, Tesla yoki noutbukning so‘nggi modeli. Inson xariddan oldin nima qiladi?
Avval do‘stlaringizdan, hamkasblaringizdan yoki bu sohani yaxshi tushunadigan tanish ekspertlardan so‘raysiz. Ular sizga aniq va lo‘nda javob beradi: «Men shuni olganman, zo‘r. Mana bu yerga borasan va o‘sha yerdan olasan.» Yoki ChatGPT ni ochasiz, yaxshilab so‘rab olasiz. U sizga barcha variantlarni tahlil qilib, solishtirib, eng yaxshisini tavsiya qiladi.
Lekin yakuniy qarorni qayerda berasiz? Baribir Google‘da. O‘sha mahsulotni qidirasiz, «otzyv»larni o‘qiysiz, narxlarni va kompaniyani solishtirasiz va shundan keyingina qaror qabul qilasiz.
Bu zamonda odamlar shunday «dasturlanib» bo‘lishgan. Boshqa yo‘li deyarli yo‘q. Chunki sotib olishdan oldingi eng oxirgi ko‘prik — bu Google‘ga murojaat qilishdir.
Mana muhim nuqta: insоn xaridga tayyor bo‘lganda Google‘ga kiradi. U yerga kirgan odam — allaqachon issiq mijoz. Unga faqat bitta narsa kerak — ishonch. Agar siz Google‘da yo‘q bo‘lsangiz, mijozingiz raqibingiznikiga ketadi. Oddiy.
Bugun odamlar shunday fikrlaydi: izlash → tekshirish → ishonch → xarid. Va bu jarayonda Google eng oxirgi va eng muhim ko‘prik. Savol: nega biznesingiz aynan shu joyda ko‘rinmasligi kerak? Nega mijoz sizni emas, boshqani topishi kerak? Google‘da ko‘rinayotganlar jimgina ishlayapti — shovqinsiz, lekin natija bilan.
Bepul strategik suhbatda biznesingiz uchun aniq plan beramiz. Sohangizdagi raqamlar, raqobat, lead prognozi.
Bepul suhbatga yozilish →